Rossiyalik olimlar koronavirusni zararsizlantiruvchi o‘ta kuchli antitanachalarni aniqlashdi

Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir filiali olimlari koronavirusni zararsizlantiradigan o‘ta kuchli antitanachalarni topishdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bu haqda Fanlar akademiyasi rahbari Aleksandr Sergeev ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, topilma koronavirusga qarshi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni davolagan "antitanachalar kokteyli"ga qaraganda ancha samarali kurashadi.

Реклама на Unews

"Hozirda butun boshli keng spektr ichidan uchta antitanacha aniqlandi", dedi Sergeev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi istiqbolli dorilar ushbu antitanachalardan yaratilishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring