Rossiyalik immunolog COVID-19'ga qarshi antitanachalar tez yo`qolishi sabablarini sanab o`tdi

Rossiyalik immunolog Nikolay Kryuchkovning aytishicha, kasallikni boshidan o`tkazganlarning 10% da antitanachalar kerakli darajada ishlab chiqarmaydi. Yana 25% da esa u uch-to`rt oy ichida test-tizimlar aniqlay olmaydigan darajagacha pasayib ketadi.

  •  Past immun javobi organizmning o`ziga xos xususiyatlariga bog`liq bo`lishi mumkin.
  •  Bundan tashqari, 55 yoshdan kattalar xavf omiliga kiradi.
  • Shuningdek, surunkali kasalliklar.
  •  Antitanachalar miqdori kamligining yana bir sababi, onkologik kasalliklarni davolash uchun yozib beriladigan immunosupressor preparatlari bo`lishi mumkin, deb qo`shimcha qildi shifokor.

 

COVID-19 bilan qayta kasallanishdan himoya qilish uchun tabiiy immunitetning o`zi etarli emas. Ayniqsa, uni pasaytiradigan omillar mavjud bo`lganda. Shuning uchun ham kasallikdan keyin shifokor bilan maslahatlashib, emlanish zarur.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring