"Rossiyaga hujum dahshatli oqibatlarga olib keladi" — Putin dunyoga tahdid qildi

Rossiya unga aralashish bo`yicha har qanday urinishlarga kechiktirmasdan javob beradi, bu jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot berdi.

Rossiya rahbari erkinlik Rossiya siyosatining markazida ekanligini ta`kidladi. Unga ko`ra, bu huquqdan hamma, jumladan, Ukraina aholisi ham foydalanishi kerak.

Putinning ta`kidlashicha, Rossiyaning harakatlari Ukraina manfaatlarini buzish bilan bog`liq emas.

Реклама на Unews

"Harbiy sohaga kelsak, zamonaviy Rossiya SSSR parchalanib, yadro salohiyatining katta qismini yo`qotganidan keyin ham bugungi kunda eng qudratli yadroviy davlatlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, u bir qator afzalliklarga ega. Shu nuqtai nazardan, Rossiyaga to`g`ridan-to`g`ri hujum potensial tajovuzkor uchun mag`lubiyat va dahshatli oqibatlarga olib kelishiga hech kim shubha qilmasligi kerak”, - deya qo`shimcha qilgan u.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring