Rossiyaga 2021 yilda ishlashga borayotgan migrantlarning eng ko‘pi o‘zbekistonliklar

Rossiyaga 2021 yilning yanvar—sentyabr oylarida qaysi davlat rezidentlari ko‘proq tashrif buyurgani aniqlandi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi statistik ma’lumotlari bilan tanishgan RT xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning dastlabki 9 oyida Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun eng ko‘p migrant O‘zbekistondan kelgan — 3 million 54 ming 180 kishi. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston (1 million 597 ming 481 kishi), Qirg‘iziston (623 ming 465 kishi), Armaniston (298 ming 801 kishi) va Ozarbayjon (185 ming 752 kishi) egallagan.

Qayd etilishicha, turizm maqsadida tashrif buyurgan xorijliklarning aksariyati Belarus (30 ming 526 kishi), Germaniya (16 ming 369 kishi), Ukraina (15 ming 293 kishi), BAA (12 ming 414 kishi) va Qozog‘iston (11 ming 192 kishi) davlatlari fuqarosi hisoblanadi.

Реклама на Unews

Ta’kidlanishicha, malaka oshirish maqsadida O‘zbekiston (59 ming 233 kishi), Tojikiston (58 ming 964 kishi) Qozog‘iston (55 ming 36 kishi), Turkmaniston (34 ming 955 kishi) va Misr (32 ming 473 kishi) rezidentlari ko‘proq kirib kelgan.

Bundan tashqari, ushbu davrda tadbirkorlik maqsadida Xitoy (11 ming 235 kishi), O‘zbekiston (10 ming 389 kishi), Germaniya (10 ming 320 kishi), Belarus (10 ming 167 kishi) va Qozog‘iston (9889 kishi) fuqarolari ko‘proq tashrif buyurgan.

Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2021 yilning 10 oyi davomida xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot berilgandi. Unga ko‘ra, agentlik tomonidan 91 ming 958 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirilgan. Shundan 84 ming 574 nafari Rossiyaga jo‘natilgan.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada mehnat migrantlarining o‘rtacha oylik maoshi 47 000 rubl (Rossiya Markaziy bankining 10 dekabrdagi kursi bo‘yicha bu taxminan 638 dollarga teng)ni tashkil etadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring