Rossiyadan olib kelinayotgan O`zbekiston fuqarolaridan biri maxsus poezdga chiqarish chog`ida vafot etdi

2020 yil 19 sentabr kuni hamyurtlarimizni maxsus poezdga chiqarish chog`ida yo`lovchilardan biri – 1987 yil 13 sentabrda tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi R.J. “Lixaya” stansiyasi old tomonidagi maydonda o`zini yomon his qila boshlagan va tez tibbiy yordam etib kelgunicha u vafot etdi. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma`lum qildi.

Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, bu vatandoshimiz palatkali lagerda yashamagan. Sankt-Peterburg shahridan etib kelgach, R.J. sog`ligi yomonlashgani sababli 14 sentabr kuni Shaxti shahri Markaziy shahar shifoxonasiga yotqizilgan va u erdan “Lixaya” stansiyasiga olib borilgan.

Fuqaroning koronavirus bilan kasallangani tasdiqlanmagan.

Реклама на Unews

Marhumning jasadi charter reys orqali O`zbekistonga jo`natilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


3 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 26-09-2020 Dondi

    Musofir Yurtda pul topaman deb sog'ligini yo'qotibdi. Yaqinlariga sabr tiliman.

    Javob yozish
  2. 25-09-2020 Жураев Хамидулла

    Инна лиллахи инна илайхи рожиун. Сабр тилаймиз оила аьзоларига.

    Javob yozish
  3. 25-09-2020 Журабек Курбонов

    Яхши иш булмабдида нима деймиз оила аъзоларига сабир тилаймиз.

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish