Rossiyadagi universitetlarning birida TikTok fakulteti ochilishi mumkin
3175 09-01-2021 0 DunyoRossiyaning Tomsk politexnika universiteti bazasida TikTok fakulteti ochilishi mumkin. Bunga sabab qilib so‘nggi paytlarda innovasion kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘smirlarni ko‘rishni xohlayotgani aytilgan, deb yozmooqda "Aniq.uz" nashri.
Ma’lum qilinishicha, Rossiyaning Tomsk shahrida istiqomat qiluvchi fuqarosi IT-maktabning eng yosh bitiruvchisi bo‘lgan va unga ««33 Penguins» (muzqaymoq ishlab chiqaruvchi) kompaniyasi bilan hamkorlik qilish taklif qilingan.
Tomsklik 16 yoshli Aleksandraning so‘zlariga ko‘ra, u shaxsiy brend bo‘yicha kurslarni tugatgandan so‘ng xalqaro kompaniya bilan hamkorlik qilishni, shuningdek, TikTok va Instagram’da pul ishlashni boshlagan. «Zamonaviy dunyoda hattoki Tomskdagi o‘spirinlar ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘z bizneslarini boshlashlari mumkin, buni mening misolim isbotlaydi!» — deydi qiz.
Реклама на Unews
«Vazifamiz o‘smirlardan tarkib topgan yoshlar auditoriyasini qamrab olish edi. Biz uchun bu — TikTok va Instagram’da kattalar tomonidan emas, balki ijodkor yoshlar yaratgan birinchi va muvaffaqiyatli tajriba. Yangi yil mahsuloti haqidagi video Aleksandra tomonidan joylashtirildi. TikTok’da bu reklama 20 000, shaxsiy profilida 1100 marta, Instagram’da esa 6 500 marta ko‘rilgan va 1000 dan ortiq ‘layk’ yig‘gan», — deydi «33 Penguins TM»ning katta sotuvchisi Kirill Stepiko.
«Hozir IT-maktabida 30 dan ortiq bola o‘qiydi, ularning eng kichigi 10 yoshda. Ajablanarlisi shundaki, hatto Tomskda ham tadbirkorlar biznesga yoshlarni jalb qilish kerakligini tushunishadi. Biznesning ‘o‘yin’ qoidalari har yili o‘zgarib borishi va zamonaviy tendensiyalarni faqat yoshlar egallay oladi. Agar menejerlar sotishda natijalarga erishsa, ular yoshlar bilan hamkorlik qilishga va ularning tavsiyalarini tinglashga majburdir», deyiladi xabarda.
Shuning uchun Vitaliy Xilko Rossiyada birinchi TikTok fakultetini Tomsk politexnika universiteti bazasida ochishni taklif qilgan. Universitet esa tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. Tez fursatda fakultetni ishga tushirish bo‘yicha ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Реклама на Unews
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.