Rossiyadagi o‘zbekistonliklar jiddiy ogohlantirildi

So‘nggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta miqdordagi pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi bu masala yuzasidan yurtdoshlarimizga murojaat qildi. 

Murojaatlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan kurerlar ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Реклама на Unews

«Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan» deyiladi agentlik murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xorijdagi migrantlar Ukrainadagi harbiy harakatlarda qatnashmaslik borasida ogohlantirilgandi. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring