Rossiyadagi mehnat migrantlari bugundan patent rasmiylashtirishi zarur

Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020 yil 18 aprelda qabul qilingan Rossiya Federasiyasi Prezidentining 274-sonli farmoniga muvofiq, mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo`lishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020 yil 15 iyungacha uzaytirilgan edi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Rossiya Prezidentining 2020 yil 15 iyundagi 392-sonli farmoni bilan kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, bugundan, ya`ni 16 iyundan boshlab Rossiya Federasiyasi hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, shu jumladan patent rasmiylashtirish zarur bo`ladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ogohlantirmoqda. 

Shuningdek, farmon bilan:  

Реклама на Unews

- chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning Rossiya Federasiyasida vaqtincha bo`lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro`yxatda turish muddatlari 2020 yilning 15 sentyarigacha tugashi ko`zda tutilgan bo`lsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;

- Rossiya Federasiyasidan ma`muriy tartibda chiqarib yuborish to`g`risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportasiya qilish muddatlarini 2020 yilning 15 sentyabriga qadar uzaytirish belgilangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring