Rossiyada yirik halokat ro‘y berdi

Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi «Listvyajnaya» konida sodir bo‘lgan halokat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 57 nafarga yetdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Hodisa vaqtida qidiruv-qutqaruv operatsiyasida qatnashgan qutqaruvchilar ham halok bo‘lishgan.

Kemerovo harbiylashtirilgan kon-qutqaruv otryadi komandiri Yuriy She xabar berishicha, «Listvyajnaya» konida bo‘lgan 52 nafar konchi va qutqaruvchilar kislorod yetishmasligi hamda zararli gazlarning yuqori darajasi tufayli halok bo‘lgan. «Favqulodda vaziyat joyida hosil bo‘lgan gaz atmosferasida kimdir tirik qolgan deb aytishning imkoni yo‘q», dedi u.

Реклама на Unews

Konchilarning o‘limi yuzasidan «Listvyajnaya» konining 47 yoshli direktori, uning 59 yoshli birinchi o‘rinbosari va 36 yoshli uchastka boshlig‘i hibsga olingan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring