Rossiyada "UzAutoMotors" mashinalari yonib ketdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda  Rossiyada "UzAutoMotors" ishlab chiqargan avtomobillarni olib ketayotgan avtotreyler yonayotgani videosi tarqaldi. 

Voqea Rossiyaning Moskva viloyatida sodir bo`lgan. Bu haqda "UzAutoMotors" matbuot xizmati bayonot berdi

Ma`lumotlarga ko`ra, yong`in Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida sodir bo`lgan, shundan so`ng alanga avtomobillar bo`lgan treylerga o`tgan. Yong`in oqibatida 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar ko`rgan. Hodisa natijasida avtotreyler haydovchi jabrlanmagan.

Реклама на Unews

Voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib o`tish vaqtida sodir bo`lgan. Barcha tashilgan avtomobillar sug`urtalangan bo`lib, ular rossiyalik mijozga tegishli bo`lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. 

Hozirda zaruriy yong`in-texnik ekspertizasi o`tkazilib, yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring