Rossiyada ta`lim olayotgan o`zbekistonliklarga mamlakatga kirish uchun qo`yilgan cheklovlar bekor qilindimi?

Rossiya iste`molchilar huquqlari va inson farovonligi himoyasi sohasida nazoratni amalga oshirish Federal xizmati saytida joylashtirilgan axborotga ko`ra, “yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishi xavfi saqlanib qolayotgan sharoitda aviaqatnov tiklangan mamlakatlardan kelayotgan xorijiy talabalar Covid-19'ga PZR usuli bilan ikki marta – Rossiya Federasiyasi hududiga kirib kelishdan ko`pi bilan uch kun oldin hamda Rossiya Federasiyasi hududiga kirib kelgandan so`ng 72 soat mobaynida test topshiradilar”.

2021 yil 16 fevral holatiga ko`ra, Rossiya tomoni O`zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirib kelishlari, jumladan, o`qish maqsadida kelishlari uchun o`rnatilgan cheklovlarni bekor qilmadi. Rossiya Federasiyasi Hukumatining 2020-yil 16-martdagi 635-r-sonli qarorida ko`rsatilgan shaxslar toifalari bundan mustasno.

Shu munosabat bilan, Elchixona Rossiya oliy o`quv yurtlarida ta`lim oladigan O`zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatga kirishga huquqi bo`lgan fuqarolar toifasiga kirmasligini yana bir marotaba eslatib o`tadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring