«Rossiyada qanotli raketalar zaxirasi qolmadi» — harbiy ekspert

Kecha, 10 oktyabr kuni Ukraina hududini o‘qqa tutganidan so‘ng, Rossiyada bunday yirik hujumlar uchun qanotli raketalar zaxirasi qolmagan. Bu haqda harbiy ekspert Pavel Luzin The Insider bilan suhbatda aytib o‘tgan.

«Agar biz qanotli raketalar haqida gapiradigan bo‘lsak, Rossiya bugungi hujumlarda ishlatgan 83 ta raketani bir necha oy davomida yig‘ib keldi. Eski sovet X-22 raketasi, S-300 zenit raketalari, «Tochka-U», «Uragan»  raketalari — bulardan hali ham yetarlicha bor, lekin ko‘p emas. Terror uchun yetarli, lekin bundan ortig‘iga yaramaydi.

Rossiyada har yili uzoq masofali qanotli va tezkor-taktik ballistik raketalarning har bir turidan 50 donadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ishlab chiqariladi. Hammasi bo‘lib yiliga taxminan 200 dona... 10 oktyabrdagi kabi yirik hujumlar uchun ishlab chiqarishni keskin oshirish yoki boshqa davlatlardan raketa sotib olish na tashkiliy, na texnik va na texnologik jihatdan mumkin emas. Faqat ilg‘or bo‘lmagan raketalar yoki Eron dronlari bilan o‘qqa tutilishi mumkin, lekin umuman olganda, ular katta ta’sirga ega bo‘lmaydi», dedi harbiy ekspert.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 10 oktyabr kuni ertalab Rossiya Ukraina hududini ommaviy ravishda o‘qqa tutdi. Hujumlar turli shaharlarga, jumladan Kiyevga ham qaratildi.

Qayd etilishicha, 83 ta raketa uchirilgan bo‘lsa, ulardan 43 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmatining xabar berishicha, zarbalar natijasida 14 kishi halok bo‘lgan, yana 97 kishi jarohatlangan.

Реклама на Unews

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu zarbalarni Qrim ko‘prigining portlatilishiga javob deb atadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring