Rossiyada ishlash istagida bo`lganlarga 60 dan ortiq ish o`rinlari taklif etildi

Rossiyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga muhim yangilik!

Rossiya Federasiyasining salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur va Moskva viloyatlarida O`zbekiston fuqarolari uchun qurilish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif qilindi.

Ma`lumot uchun, fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent hujjatlarining aksariyati O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.

Реклама на Unews

Shuningdek, nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.

Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.

Ishga qabul qilayotgan korxonalar: "StroyKraft", "Pik-Industriya", "Velesstroy", "Almis Integral", "Monotek stroy".

Реклама на Unews

Quyida tanlovlar vaqti va hududlar bilan tanishing:

25 yanvar:

  • Soat 11:00 da, Sirdaryo viloyati,

Manzil: Guliston shahri, Xondamir ko`chasi, 49-uy.

Mo`ljal: Monomarkaz binosi.

Tel:. 67 225-55-59.

  • Soat 11:00 da, Navoiy viloyati,

Manzil: Karmana tumani, Talqoq MFY, Kunlik ish markazi

Tel:. 79 224-11-60.

 26 yanvar:

  • Soat 11:00 da,  Jizzax shahri,

Manzil: Jizzaxlik MFY, Sharof Rashidov shoh ko`chasi, 44-uy.

Mo`ljal: Jizzax "Ishga marhamat" monomarkazi (O`rda bog`i yaqinida).

Tel:. 72 223-90-66, 72 223-90-65.

  • Soat 11:00 da, Buxoro shahri,

Manzil: Piridastgir ko`chasi, 13-uy.

Mo`ljal: Buxoro "Ishga marhamat" monomarkazi.

Tel:. 65 226-56-99, 99 707-77-10.

 27 yanvar:

  • Soat 11:00 da, Samarqand shahri,

Manzil: Narpay ko`chasi 7-B uy, "Ishga marhamat" monomarkazi,

Mo`ljal: Kimyogarlar qo`rg`oni

Tel:. 66 233-24-00, 66 233-53-00.

 28 yanvar:

  • Soat 11:00 da, Surxondaryo viloyati,

Manzil: Uzun va Denov tumanlari ABKM.

Tel:. 76 222-45-22, 99 555-52-82, 97 225-77-71.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring