Rossiyada "COVID-19"ning «britancha» shtammini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi

Rossiyada koronavirusning 2020 yil oxirida Buyuk Britaniyada tarqalgan yangi shtammini yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etildi. Bu haqda Rossiyaning bosh sanitar vrachi Anna Popova ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Popovaning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan shaxs yaqinda Buyuk Britaniyadan qaytgan Rossiya fuqarosidir. Uning aniqlik kiritishicha, kasallik dekabr oyining oxiridayoq aniqlangan edi.

Koronavirusning yanada yuqumli hisoblangan yangi B.1.1.7 shtammi ilk bor 2020 yil sentyabrida Buyuk Britaniyada aniqlangan va dekabr oyi o‘rtalarida butun mamlakat bo‘ylab tarqalib ketgan edi. Bosh vazir Boris Jonson koronavirusning bu turi avval tarqalgan shtammlardan ko‘ra 70 foizga yuqumliroq ekanini ma’lum qilgan edi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring