Rossiya Ukraina shaharlariga 75 ta raketa uchirdi

Rossiya Ukraina shaharlariga 75 ta raketa uchirdi, ulardan 41 tasi havo mudofaasi yordamida zararsizlantirilgan. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, raketa zarbalaridronlar yordamida amalga oshirilgan.

Ayni vaqtda Ukrainaning bir qancha shaharlarida – Lvov, Dnepropetrovsk, Xarkov, Odessa va Ivano-Frankivskda ko‘plab infratuzilma shikastlanishlari qayd etildi.

Реклама на Unews

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev markazidan videomurojaat yo‘llab, aholini bombapanohlarda bo‘lishini so‘radi. Va raketa zarbalari, asosan «energetika tizimini ishdan chiqarish hamda odamlarga qaratilayotgani»ni ta’kidladi.

«Ular vahima va tartibsizlikni istashyapti. Bizning energiya tizimimizni yo‘q qilishni xohlashadi. Ikkinchi maqsadlari esa – odamlar. Ular ko‘proq zarar yetkazish uchun ataylab shunday vaqt va shunday maqsadlarni tanladilar», –  deydi u.

Eslatib o‘tamiz bir muddat oldin, Kiyevdagi portlashlar tufayli qurbonlar va yaradorlar borligi va jamoat transportlari harakati to‘xtab qolgani haqida xabar berilgan edi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring