Rossiya tan oldi: Koronavirusdan vafot etganlar rasmiy statistikadan uch baravar ko‘p

28 dekabr dushanba kuni Rossiya o‘z hududidagi koronavirus qurbonlari soni avval xabar berilganidan uch baravar ko‘p ekanligini tan oldi. Bu bilan Rossiya COVID-19 o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Prezident Vladimir Putin bir necha oylardan beri Rossiyadagi virus qurbonlari soni pastligi bilan maqtanib, pandemiyani nazoratga olishda o‘zining mamlakati g‘arb mamlakatlaridan ko‘ra “yaxshiroq” harakat qilganini ta’kilayotgandi.

Ammo, tibbiyot sohasi ekspertlari Rossiya hukumati tomonidan taqdim qilinayotgan rasmiy statistikaga ishonishmayotgan va rus hukumatini virusga jiddiy e’tibor qaratmayotganlikda ayblashgandi. 28 dekabrga kelib Rossiya rasmiylari buni tan oldilar.

Реклама на Unews

Rosstat statistika agentligining ma’lum qilishicha, Rossiyada yanvar-noyabr oylari orasida qayd etilgan barcha o‘limlar soni 229 700 ta bo‘lgan.

«Yanvar-noyabr oylarida qayd etilgan o‘lim ko‘rsatkichining 81 foizdan ortig‘i COVID-19 sabab yuz bergan» dedi Bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova.

Bu esa 2020 yilda Rossiyada COVID-19 kasalligidan 186 ming kishi vafot etganini anglatadi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 3 milliontadan oshgan. Qurbonlar soni esa atigi 55 265 tani tashkil qilmoqda.

Реклама на Unews

Sh yilning iyul oyida Rosstatdan ketgan demograf Aleksey Rakshaning o‘tgan haftada AFP axborot agentligiga bergan intervyusida aytilishicha, Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi va Iste’molchilarning sog‘lig‘ini saqlash vazirligi koronavirus bo‘yicha statistikani soxtalashtirgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring