"Rossiya o`z taktikasini qayta ko`rib chiqmoqda". AQShlik ekspert urush yanada dahshatli tus olishini taxmin qildi

Rossiya armiyasi bo`yicha ekspert Maykl Kofman Ukrainadagi urush haqidagi fikrlarini e`lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon" nashri

Kofmanning fikricha, dastlab rus armiyasi mobil guruhlarning tezkor harakati orqali muhim ob`ektlar va shaharlarni bosib olishni ko`zlagan.

Ammo keyinchalik bu reja puchga chiqdi: desant va mobil guruhlarga qo`shimcha kuchlar va havodan yordam bo`lmagani uchun ular ukrain armiyasi tomonidan tezda tor-mor etildi. Shuningdek, Kiev hozirda axborot urushida ham ustunlik qilmoqda.

Реклама на Unews

Lekin ekspertning so`zlariga ko`ra, shundan keyin Moskva taktikani qayta ko`rib chiqishni boshladi. U hozirda rezerv kuchlar safini to`ldirmoqda va qaytadan guruhlar tuzilmoqda. Shuningdek, Rossiyaning juda katta resurslarga ega ekanligiga e`tibor qaratilgan. 

Kofman ruslar hali aviasiyadan ham to`liq foydalanmayotganini ta`kidlagan.

"Rossiya siyosiy rahbariyati hanuz o`z rejasining halokatli ekanini anglab etmadi va tezda Kievni ishg`ol qilish fikridan qaytmagan. Ular havo kuchlaridan tobora kengroq foydalanmoqda. Afsuski, Fikrimcha, eng yomoni hali oldinda. Bu urush yanada dahshatli tus olishi mumkin", — degan u.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring