Rossiya Markaziy banki pul operasiyalarini amalga oshirishning vaqtinchalik tartibini joriy qilmoqda

Rossiya Markaziy Banki joriy yilning  9 martdan 9 sentyabriga qadar vaqtinchalik tartibni joriy qildi. Unga ko`ra, endi vaqtinchalik muddat davomida banklar fuqarolarga naqd valyuta pul sotmaydi. Biroq valyutani istalgan vaqtda va istalgan miqdorda rublga almashtirish mumkin bo`ladi. 

"Barcha banklarning mijozlari, istisnosiz, o`zlarining xorijiy valyutadagi depozitlari yoki hisobvaraqlaridan mablag` olishlari mumkin.", — deya ta`kidlaydi Markaziy bank.

Boshqa valyutalar oldi-sotdisi bozor kursi bo`yicha amalga oshirilaveradi. 

Реклама на Unews

Shu bilan birga, fuqarolar xorijiy valyutadagi depozitlarda yoki hisobvaraqlarda mablag`larini saqlashni davom ettirishlari mumkin. 

"Barcha mablag`lar hisobvaraq yoki omonat ochilgan valyutada saqlanadi va hisobga olinadi. Omonat yoki hisobvaraqni qo`yish shartlari o`zgarmaydi. Omonat bo`yicha foizlar odatdagidek, omonat ochilgan valyutada hisoblab chiqiladi", -deb qayd etiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring