Rossiya Federasiyasida mehnat migrantlari maoshi qancha?

Migrantlar federasiyasi va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tomonidan mehnat migrantlari o`rtasida so`rovnoma o`tkazildi.

Ushbu so`rovnoma natijalariga ko`ra, mehnat migrantlarining o`rtacha oylik maoshi  47 100 rublni tashkil etadi.

Rus tilini yaxshi biladiganlar o`rtacha 49 ming rubl, rus tilini yaxshi bilmaydiganlar esa o`rtacha 37 ming rubl maosh olishini ma`lum qilgan.

Реклама на Unews

Shuningdek, qurilish nisbatan ko`p pul ishlab topish mumkin bo`lgan yo`nalish hisoblanib, ushbu sohada ishlovchilarning o`rtacha maoshi 54 ming rublni tashkil etadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring