Ronaldu yo‘q joydan medalli bo‘lishi mumkin

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning Angliya liga kubogidagi g‘alabasi uchun medal olishi mumkin.

Noyabr oyida jamoani tark etgan portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda liga kubogida birorta ham o‘yin o‘tkazmadi, biroq reglamentda g‘olib jamoa 30 ta medal oladi, degan band bor. “Manchester Yunayted” liga kubogida 27 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Qolgan uchta medalni qaysi futbolchilarga berishni klubning o‘zi hal qiladi.

Shu tariqa, “mankunianliklar” istasa, Ronalduga medal taqdim etadi, shuningdek, 2022 yilning sentyabridan 2023 yilning yanvarigacha ijara asosida “Manchester Yunayted”da o‘ynagan “Nyukasl” darvozaboni Martin Dubravka ham MYU tomonidan taqdirlanishi mumkin. 

Реклама на Unews

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu va Dubravkaga klub liga kubogi medallarini taqdim etsada, ular turnir g‘olibi hisoblanmaydi, chunki ikkala futbolchi ham musobaqada birorta o‘yin o‘tkazmagan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring