Ronaldu faoliyatidagi eng yorqin lahzani esladi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng esda qolarli lahzani aytib o‘tdi. Bu haqda “Madrid Universal” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2013/2014 yilgi mavsumda “Real Madrid” Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL)ning o‘ninchi sovrinini qo‘lga kiritgani Ronaldu faoliyatidagi unutilmas xotiralardan biri bo‘lgan. 

“Real”da hamma doim YeCHL haqida o‘ylaydi. Yildan-yilga bosim kuchayib borayotganini his qildik. O‘sha yili biz YeCHL bosh sovrinini qo‘lga kiritdik. Bu o‘ziga xos g‘alaba, xotiramda abadiy qoladigan lahza edi. “Real Madrid”da o‘ynaganingizda, Yevropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish qandaydir obsessiyadek (miyaga fikrlarning ketma-ket yog‘ilib kelaverishi) tuyuladi. “Real” mening vatanimda o‘ninchi YeCHL sovrinini yutgan edi. Har bir muxlis buni xohladi, biz hammamiz buni xohladik”, deydi Ronaldu.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Al-Nasr”ga 2022 yilning dekabr oyi oxirida kelib qo‘shildi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2,5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u mavsumiga taxminan 200 million yevro maosh oladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring