Ronaldu 2021 yilda «Yuve»ni tark etishi mumkin, chunki...

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi 2021 yilning yozgi transfer oynasida «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Manbaning xabariga ko‘ra, Turin klubida yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklardan foydalanib, «PSJ» Krishtianuga Fransiyaga ko‘chib o‘tish uchun yangi taklifini tayyorlamoqda. 

Ammo parijliklarning qiziqishiga qaramay, «Yuventus» futbolchini sotishni istamasa, portugaliyalik forvard shartnomasi yakunigacha Italiyada qolmoqchi. Ronalduning «Yuventus» bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilgacha belgilangan. 35 yoshli goleadorning yillik maoshi 31 million yevroni tashkil etadi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018 yilda «Real»dan «Yuve»ga 112 million yevro transfer puli evaziga o‘tgan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring