Rishtonda fuqaroning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman bo`limi tomonidan IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro S.T. Tojikiston davlat universitetida tahsil olayotgan talaba A.ning ishonchiga kirib, uning o`qishini 1 200 AQSh dollari evaziga Farg`ona davlat universitetiga ko`chirib berishni va`da qilib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring