Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e’lon qilindi

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e’lon qilindi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qarorga ko‘ra, shu yil 28 yanvardan mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik talablariga qat’iy rioya etgan holda konsert tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat etilmoqda. Bunda konsert saroylarining 50 foiz o‘rindig‘i band bo‘lishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, oraliq masofa hamda tibbiy niqob taqish majburiy ekani ta’kidlandi.

Qaror bilan shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’ektlariga 23:00 dan keyin ham faoliyat yuritishga ruxsat berildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring