Respublika hududlarida 11-12 sentyabr kungi yomg`irlar qorga aylanishi mumkin

O`zbekiston hududiga 11-12 sentyabr kunlari Volga bo`yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 11-12 sentyabrda respublika hududi bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

11-12 sentyabrda Farg`ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg`ir yog`adi. Respublikaning tog`li hududlarida yomg`ir yog`adi, baland tog`larda (2500 metrdan yuqori) yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

Реклама на Unews

Respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13 darajagacha, kunduz kunlari 23-28 daajagacha pasayadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring