“Real” Anchelotti o‘rniga murabbiy topdi

“Real Madrid”ning sobiq hujumchisi, hozirda “Kastilya”ni boshqarayotgan Raul Gonsales Karlo Anchelotti ketganidan keyin asosiy jamoa bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Raulning “Kastilya” bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati APL va Bundesliga klublari, shuningdek, “Real Madrid” asosiy jamoasida qiziqish uyg‘otgan. Raul “Real” bilan shartnomasi 2024 yilda tugaydigan Anchelottiga jiddiy alternativ hisoblanadi.

Реклама на Unews

“Real” Raulni Anchelotti o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, Raulning “qaymoqranglilar” o‘rinbosarlar jamoasini boshqarayotgani rahbariyatni xotirjam bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Ispaniya chempionatining 25-turidan keyin “qirollik klubi” 56 ochko jamg‘arib, turnir jadvalda 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam “Barselona”dan 9 ochko ortda qolmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring