Rasman: “Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard iste’foga chiqarildi

Bugun, 25 yanvar kuni Angliyaning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard iste’foga chiqarildi. Bu haqda klubning rasmiy veb-saytida ma’lum qilingan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Klub egasi va rahbariyati uchun bu qarorni qabul qilish oson bo‘lmadi. Biz Frenkning bosh murabbiy sifatida klubga qo‘shgan hissasidan minnatdormiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Shu kungacha OAVda Lempardning ketishi va uning o‘rnini kim egallashi mumkinligi to‘g‘risida ko‘plab xabarlar tarqalayotgan edi. Bugun esa bu gaplar o‘z tasdig‘ini topdi.

Реклама на Unews

Ma’lumot o‘rnida, Lempard 2019 yilning 4 iyulida “Chelsi” bosh murabbiyiga aylangan edi. Klub uning qo‘l ostida 84 ta uchrashuv o‘tkazib, 44 ta g‘alaba va 15 ta durangga erishgan. Jamoa qolgan 25 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan.

“Chelsi” 2020 yilning yozgi transferlar doirasida Yevropaning top 5 chempionatida eng ko‘p harajat qilgan klubga aylangan edi. Biroq bu mablag‘ o‘zini oqlamadi va klub bugungi kunda Angliya Premer Ligasining 9-pog‘onasida bormoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring