Ramzan Qodirov Ukrainada qancha chechen askari halok bo‘lganini ma’lum qildi

Rossiyaning Donbassni himoya qilish bo‘yicha maxsus operasiyasi davomida chechen harbiylari orasida birinchi yo‘qotishlar bo‘ldi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 1 mart, seshanba kuni o‘zining telegram kanalida yozdi.

O‘z xabarida u ikki chechen askari halok bo‘lganini ta’kidlagan. Bundan tashqari, yana olti kishi jarohat oldi - ularda turli darajadagi jarohatlar bor.

«Bu yigitlar mamlakatlar xavfsizligi uchun jonini fido qilgan qahramonlardir. Ularning buyrug‘i bor edi - Ukraina tinch aholisi orasida yo‘qotishlarni minimallashtirish va ular buni bajarishdi...», - dedi Checheniston rahbari.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring