Quyosh ostida qolish kimlar uchun o‘ta xavfli ekanligi aytildi

Shifokorlar ba’zi toifadagi odamlar quyosh nurlari tik tushadigan joylarda bo‘lmasliklari kerak, deb hisoblamoqda. Bu ularning salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deya ogohlantrishmoqda,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, fotodermatoz yoki fotodermatit bilan kasallangan odamlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan saqlanishi lozim. Chunki quyosh nuri tufayli ularning terisida toshmalar paydo bo‘lib, qichishish yuz beradi.

Antibiotiklarni qabul qiluvchilar quyosh nurlari ostida qorayishni orzu ham qilmasinlar. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, agar antibiotik bilan davolangan odam quyoshning tik nurlari sotida qolsa, uning terisi kuchli ravishda qichishib ketadi.

Реклама на Unews

Quyosh tufayli onkologiya, teri saratoni va melanoma kabi kasalliklar rivojlanishi mumkin, deydi shifokorlar.

"Qoidaga ko‘ra, ushbu guruhga terisi juda yorqin va juda ko‘p xoli bor odamlar kiradi”, dedi immunolog-allergolog Vladimir Bolibok.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring