Qurib topshirilgan arzon uylarning 2791 tasidan 1157 tasida nuqsonlar aniqlangan

Bu haqda AOKAda ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari bo`yicha o`tkazilgan matbuot anjumanida Qurilish vaziri o`rinbosari Erkin Iskandarov ma`lum qildi.

 «2020 yilda arzon ko`p kvartirali uy-joylar qurilishi, uylarning sifat nazorati bo`yicha qurilishi nazorati tomonidan 2791 ta topshirilgan uylardan 1157 tasida nuqsonlar aniqlanib, kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha ishlar amalga oshirilgan.

Davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq, Shaffof qurilish milliy tizimi eksperiment tariqasida Toshkent shahri va viloyatida ishga tushirildi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab ushbu tizim respublikaning barcha hududlarida joriy qilinadi.

Реклама на Unews

Shaffof qurilish milliy tizimi quyidagilarni qamrab oladi:

  • investisiya dasturlariga kiritilgan ob`ektlar;
  • arxitektura rejalashtirish topshiriqlarining bajarilishi;
  • loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o`tkazish;
  •  qurilish sifatini nazorat qilish;
  • shahar va qishloqlarning bosh planlari».

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring