Qozog‘istonda navbatdan tashqari saylov natijalari e’lon qilindi!

Kecha, 19 mart kuni Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi Majlis hamda mahalliy kengash maslihat deputatligiga navbatdan tashqari saylov o‘tkazildi.

Respublikada jami 10 223 ta hamda 77 ta xorijiy davlatda 62 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da hamda 92 ta saylov uchastkasida hududiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan soat 6:00 da ochildi.

Qozog‘iston Respublikasi hududidagi vaqt zonalari chegaralariga muvofiq, 5 ta viloyat: Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston, Qizilo‘rda va Mang‘istau viloyatlari uchastkalari poytaxt vaqti bilan soat 08:00 da ovoz berish boshlandi.

Реклама на Unews

Qozog‘iston mahalliy vaqti bilan soat 16:00 holatiga 12 032 550 nafar ovoz beruvchidan, 6 254 837 nafari ya’ni 51,98 foizi saylovda ishtirok etdi.

Demokratiya tadqiqot instituti assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda o‘z nomzodlarini ilgari surgan 7 ta partiya quyidagicha ovozlarni yig'gan:

«Amanat» partiyasi – 53,46 foiz;

Реклама на Unews

«Ovul» partiyasi – 10,52 foiz;

«Respublika» partiyasi – 8,9 foiz;

«Oq yo‘l» partiyasi – 7,87 foiz;

«Qozog‘iston xalq partiyasi» – 6,25 foiz;

«Milliy sosial-demokratik partiyasi» – 5,31 foiz;

«Baytak» partiyasi – 3,22 foiz.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring