Qozog‘istonda karantin yumshatiladi

Qozog‘istonda Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha davlat komissiyasi 17 avgustdan e’tiboran karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilishini ma’lum qildi. Bu haqda Qozog‘iston hukumatining matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Xabarda aytilishicha, Qozog‘istonda karantin choralari amal qilgan davrda epmidemiologik vaziyatni barqarorlashtirishga va sog‘liqni saqlash muassasalariga tushgan yuklanmani sezilarli darajada kamaytirishga erishildi. Kunlik kasallanish 4 foizdan 0,5 foizga tushdi, tuzilganlar soni esa 76 foizga yetdi.  

Shu sababli Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha davlat komissiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralarning nuqtai nazarini e’tiborga olgan holda karantin choralarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaror qildi. Jamladan, 17 avgustdan e’tiboran savdo va ko‘ngil ochish markazlari, savdo uylari, savdo tarmoqlari, yopiq bozorlar, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, fitnes markazlari, basseynlar va hokazolar ish boshlaydi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring