Qozog‘istonda havo harorati 83 yil oldingi rekordni yangiladi

Qozog‘istonda sinoptiklar 1940 yildagi havo harorati rekordi yangilanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo” “Tengrinews”ga tayanib, xabar berdi.

Sinoptiklar 2023 yilning fevral oyidagi ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi. Bu oyda respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati me’yordan 1-3 daraja yuqori bo‘lgan. Qarag‘anda viloyatidagi Balxash ob-havo stansiyasida termometrlar +3,1 darajani ko‘rsatgan. Shunday qilib, havo harorati maksimal +2,8 darajaga ko‘tarilib, 1940 yil rekordi yangilangan.

1978 yildagi uchta harorat rekordi ham yangilangan:

Реклама на Unews

22 fevral kuni Qostanay viloyatida Arkaliq meteorologiya stansiyasida havoning eng yuqori harorati +3,5 darajani tashkil etgan va oldingi rekord +3 darajani yangilagan; xuddi shu kuni Ostona meteorologiya stansiyasida havoning maksimal harorati +4,8 darajani tashkil etdi (ilgari u +2,7 daraja edi);

23 fevral kuni Pavlodar meteorologiya stansiyasida havoning maksimal harorati +3,4 daraja (ilgari +3 daraja) bo‘lgan.

Sharqiy Qozog‘iston viloyatida esa 22 fevral kuni “Ust-Kamenogorsk” meteorologiya stansiyasida +6,5 daraja issiq bo‘ldi, shu bilan 1991 yildagi rekord (+4,5 daraja) yangilandi.

Реклама на Unews

22 fevral rekordlarga boy bo‘lgan, xususan Jezkazgan meteorologiya stansiyasida havo +4,3 darajagacha qizib, 1999 yilgi rekordni (+2,7 daraja) yangiladi.

20 fevral kuni Mang‘istov viloyatida Aqtau meteorologiya stansiyasi havo haroratining maksimal +12 daraja qayd etdi va shu bilan 2002 yildagi rekordni (+11,1 daraja) yangiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring