Qozog‘istonda 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi

2022 yil 19 yanvar kuni Nur-Sulton shahri Yesil tumani migrasiya polisiyasi idorasida hujjatsiz ushlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, Yesil tumani migrasiya polisiyasi idorasiga borib, 18 nafar O‘zbekiston fuqarolar bilan uchrashildi. Fuqarolarning pasporti borligi ammo, vaqtinchalik ro‘yxatga turish muddati tugaganligi va ishlash uchun ruxsatnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Fuqarolarga Qozog‘iston qonunlarini buzmaslik, o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish borasida huquqiy tushuncha berildi.

Реклама на Unews

Shuningdek, fuqarolar Qozog‘istonga tanishlari orqali kelib, qurilishda ishlayotganini ma’lum qildi. Ularga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan pilot loyiha mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuvda Yesil tumani migrasiya polisiyasi tomonidan birinchi marta Qozog‘istonga kelgan fuqarolarga ogohlantirish, ikki yoki ko‘p marta kelganlarga jarima yozildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring