Qo‘shma Shtatlar Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olmoqchi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olmoqchi va tegishli qonun loyihasi AQSh Kongressiga taqdim etilgan. Bu haqda AQSh hukumatining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha komissiyasining katta rasmiy maslahatchisi Pol Massaro ma’lum qildi.

Shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlarini genotsid sifatida tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ham Kongressga kiritilgan.

Qayd etilishicha, bunday chora-tadbirlar mamlakatga qurol-yarog‘ yetkazib berishni taqiqlashni o‘z ichiga oladi. Ikki tomonlama maqsadlardagi eksportlar ustidan nazorat kuchaytiriladi. Shuningdek, terrorizmga homiylik qiluvchi davlat AQShdan yordam ololmaydi, unga moliyaviy va boshqa cheklovlar qo‘yiladi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olish g‘oyasi bilan chiqqan edi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham xuddi shunday iltimos bilan AQShga murojaat qildi, deya eslatadi Life nashri.

Kongress yozda bu masalani ko‘rib chiqilishini aytgan, ammo keyinroq Bayden bunday choralardan voz kechgani aytilgan edi. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring