Qo‘shimcha: Chilonzordagi yong‘inda halok bo‘lganlar bormi?

Bugun, 24 yanvar kuni soat 09:58 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyod ko‘chasida joylashagan omborxonada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar bergandik.

Qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:04 da yetib borib, yong‘in soat 10:57 da qurshab olingan va soat 12:58 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida omborxonaning taxminan 600 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismida saqlanayotgan mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi.

Реклама на Unews

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring