Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlanishidan bir oy o‘tib Malibu-2 xarid qildi

Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlanishidan bir oy o‘tib Malibu-2 xarid qildi. Bu haqda davlat xaridlari saytida ma’lum qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, Murod Qurbonov yangi lavozimdagi ishini yangi avtomobil sotib olishdan boshlagan. U shu yilning 9 noyabr kuni vazir etib tayinlangan edi.

311 million 124 ming 67 so‘mlik avtomobilni sotib olish uchun 11 dekabr kuni shartnoma imzolangan. Malibu-2 nima maqsadda sotib olingani ochiqlanmagan. Shuningdek, sayt ma’lumotida keltirilishicha, Qurilish vazirligi 16 dekabr kuni 324 million 450 ming so‘mlik ikkita Malibu-2 xarid qilgani aytilmoqda. Vazirlar Mahkamasi apparati Xo‘jalik faoliyati boshqarmasi Avtoxo‘jaligi esa 27 noyabr kuni Malibu-2 sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Uning narxi 311 mln 124 ming 64 so‘m.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 21-12-2020 cayot

    Oddiy halq bu malibuga yetishish uchun ittakmas eshshakday ishlab qarib churiganida endi olaman diganida pulini sanab ko"rsa zo'rg'a matizga yoki sparkga yetadigan bo'ladi, a silada bunaqa moshinaga yetishish 2-3 kunlik ish ofarin

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish