""Qoplamayapti", narxni oshiramizmi?": Gaz va elektr energiyasi uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqish taklifi Hukumat tomonidan o‘rganilmoqda!

Energetika vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirgi kunda tabiiy gaz hisobiga 1 kilovatt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish taxminan 500-600 so‘mga aylanmoqda. Lekin aholiga sotilayotgan narx esa 295 so‘mdir.
Albatta, raqamlardagi bunday farq elektr energiyasining barqarorligini ta’minlashda muammolarni vujudga keltiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanganlik uchun narxlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

–Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqish jarayonida, ekspertlar tomonidan bazaviy tariflarni o‘zgarishsiz qoldirib, ma’lum bir miqdordan ko‘proq iste’mol qilingan holatlarda uning narxini keskin oshirish bo‘yicha takliflar berilgan. Hozirgi kunda mazkur takliflar Hukumat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Реклама на Unews

Shuni alohida aytish jizki, hozirgi kunda issiqlik elektr stansiyalariga yetarli miqdorda tabiiy gaz yetkazib berishning imkoni bo‘lmagani tufayli zaxira yoqilg‘isi sifatida mazutdan foydalanilmoqda.

Mazut esa xorijdan eksport qilinadi. Mazut orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining tannarxi – 1,500 so‘m atrofida. Lekin aholiga sotilayotgan narx – 295 so‘m. Orada yuzaga kelayotgan farqni esa davlat tomonidan issiqlik elektr stansiyalariga subsidiya berish orqali qoplab beriladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring