Qizlarni Toshkent xalqaro aeroportiga olib ketayotgan erkak qo‘lga olindi

O.Mardonov (ismi shariflari o‘zgartirilgan) endi 20 yoshga kirgan bo‘lsada biron-bir kasb-hunarni egallab halol pul topish, el ravnaqi, vatan ravnaqiga o‘z xissasini qo‘shish o‘rniga jinoiy yo‘l bilan mo‘may pul topish payiga tushdi.

Jumladan, O.Mardonov 2020 yilning boshida Turkiya davlatiga boradi, u yerda O‘zbekistonlik tanishi orqali erkaklar va ayollar go‘zallik saloniga vizitka tarqatuvchi bo‘lib ishga joylashadi, o‘sha vaqtda u salonga soqol oldirish uchun kelib turadigan “Jumali Tekin” ismli Turkiya davlati fuqarosi bilan tanishib qoladi, Jumali Tekin unga Turkiya davlatida yordam berib turadi, u Turkiya davlatidan ish haqi yaxshi emasligi va yashash sharoiti qiyinlashganligi uchun 2020 yil oktyabr oyida O‘zbekistonga qaytib keladi, 2021 yil fevral oyida uning telefon nomeriga “Telegramm” ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan “A” nomli profili orqali Turkiya davlatida tanishgan Jumali Tekin bilan gaplashgan vaqtida Jumali Tekin unga o‘zbekistonlik qizlarni Turkiya davlatiga fohishalik qilish uchun yuborishini, yuborgan har bir qiz uchun qilgan xarajatlaridan tashqari 200 AQSh dollari berishini aytadi. Shundan keyin O.Mardonov Turkiya davlati fuqarosi bo‘lgan “Jumali Tekin” bilan bir guruhga birlashib, ikki va undan ortiq shaxsni Turkiya davlati Istanbul shahriga fohishalik uchun jo‘natishlikni oldindan reja qilib, Jizzax viloyati hududida istiqomat qiluvchi uch nafar qizlarni Turkiya davlatiga haq evaziga fohishalik bilan shug‘ullanish orqali katta miqdorda daromad orttirish, ya’ni bir yilda har biri alohida uy va mashina olishi mumkinligi haqida yolg‘on va’dalar bilan qiziqtirib, qizlarning xorijga chiqishi uchun ketadigan barcha xarajatlarini qilib, 2021 yil 26 fevral kuni Toshkent aeroportiga yo‘l oladi.

Biroq, O.Mardonov o‘ylagan niyatiga yetolmadi, u uch nafar qizni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatiga yuborish maqsadida yo‘lovchi mashinasida olib ketayotgan vaqtida Jizzax viloyat IIB TEQKB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Реклама на Unews

Shundan so‘ng ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismining “b,e” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilib jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudiga kelib tushgan. Tuman sudi tomonidan jinoyat ishi hujjatlari sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilib, sudlanuvchining, uch nafar jabrlanuvchi qizlarlarning va guvohlarning ko‘rsatuvlari tinglanib hamda ishda to‘plangan dalilar to‘liq tahlil qilinib, O.Mardonov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismining “b,e” bandlari bilan aybdor deb topilib, 5 (besh) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Shuhrat Xudayarov,

Реклама на Unews

Jizzax viloyat sudining jinoyat sudlov hay’ati sudyasi

 

Maqsud Rayimov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi raisi

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring