Qaynoq suvda «sug‘orilgan» daraxtlarga shikast yetmagan – Ekoboshqarma

25-oktyabr, seshanba kuni Yangihayot tumani Yo‘ldosh-3 mavzesi  yo‘l yoqasidagi daraxtlarning tagidan issiq suv oqayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar  Yangihayot tumani Ekologiya bo‘limi xodimlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlarini olib borishdi. 

O‘rganish davomida Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati hozirda Toshkent shahrining ba’zi hududlarida issiq suv tarmog‘ini qishki mavsumga tayyorlash chog‘ida  suvning sizib chiqishi bilan bog‘liq holat kuzatilgani aniqlandi.

Реклама на Unews

Ushbu holat o‘z vaqtida bartaraf etilib, mavjud daraxtlarga shikast yetmaganligini ma’lum qildi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring