Qashqadaryodagi 8 ta tuman (shahar) XTB faoliyati talabga javob bermaydi — Sherziod Shermatov

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatidagi ta`lim tizimida bugungi kun islohotlarining borishi, kadrlar masalasi, maktablar va o`quv jarayonidagi holat va kamchiliklarni keltirib chiqarayotgan omillar va sabablarni o`rgandi. 

Qarshi shahrida viloyat va tuman (shahar) xalq ta`limi boshqaruv rahbar va xodimlari bilan o`tkazilgan yig`ilishida joylardagi o`rganish natijasida viloyatdagi ta`lim tizimidagi mavjud muammolar tanqidiy muhokama qilindi. Jumladan, yig`ilishda, viloyatda guruhbozlik va tanish-bilishchilik illatlarini oldini olish, yosh kadrlarga yo`l ochib, barcha rahbar lavozimlarga zahira tayyorlash, berilgan vazifalarni bajarishda ko`zbo`yamachilikka yo`l qo`ymaslik, fuqarolarning murojaatlariga e`tiborni kuchaytirish kabi vazifalar belgilab berildi.

Muhimi, ta`limning boshqaruv tizimida faoliyat ko`rsatayotgan har bir xodimga sharafli va ulug` kasbga munosib bo`lish, eskicha yondashuvlardan voz kechib, yangicha tamoyil va tartiblarga amal qilish kerakligi ta`kidlandi.

Реклама на Unews

Tanqidiy-tahliliy bo`lib o`tgan yig`ilishda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Unga ko`ra, “Yuksalish” umummilliy harakati Qashqadaryo viloyati bo`limi rahbari Farhod Eshonovich Ochilov Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

Viloyat xalq ta`limi boshqarmasi ta`lim sifati monitoringi bo`limi boshlig`i vazifasida ishlab kelayotgan Boboqul Qoraboev boshqarma boshlig`ining birinchi o`rinbosari bo`ldi.

Реклама на Unews

Qarshi shahar xalq ta`limi bo`limida ijtimoiy fanlar metodisti sifatida faoliyat ko`rsatayotgan Nargiza Samadova Qarshi shahar xalq ta`limi bo`limi mudirligiga tayinlandi. Qarshi shahar ta`lim sifati monitoringi bosh inspektor metodisti Ruhiddin Ravshanov uning o`rinbosari etib tayinlandi. 

Qashqadaryo viloyatidagi yana 8 ta tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limlari faoliyati talabga javob bermasligi ta`kidlab o`tildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring