Qashqadaryoda uy portladi. Qurbonlar bor

Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 08:10larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Otchopar” MFYda joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. Oqibatda binoning devorlari qulagan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
  
Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroning jasadi vayron bo‘lgan uy ichidan olib chiqilgan.

Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura xodimlari yetib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring