Qashqadaryo hokimi ayrim tumanlarda 12 soatlab elektr energiyasi bo‘lmayotganini ma’lum qildi

Qashqadaryo hokimi ayrim tumanlarda 12 soatlab elektr energiyasi bo‘lmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat hokimi mazkur masala yuzasida Bosh vazir A.Aripov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tgan va ushbu muammo bo‘yicha hukumat rahbariga murojaat qilgan.

Zoyir Mirzayev G‘uzor, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlarida elektr energiyasi ta’minotida 8-12 soatgacha rejasiz uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qilib, bu aholining haqli e’tiroz va noroziliklariga sabab bo‘layotganini, bunday e’tirozlar soni ortib borayotganini bildirdi.

“Sababi ushbu hududlarda ko‘pchilik aholi tog‘li va qishloq joylarda yashaydi", – dedi Zoyir Mirzayev.

Bosh vazir hokimning murojaatidan so‘ng bu masalaga alohida e’tibor qaratib, ikki kun ichida vaziyat yaxshilanishini aytib, mas’ullarga uzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring