Qarzdorligi mavjud transportlar maxsus joylarga joylashtiriladi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yo`l-patrul xizmati stasionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yo`lak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish to`g`risida nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko`ra, transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorug`lik diodli ekran orqali ishora berish yo`li bilan tartibga solinadi.

 

Ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yo`lak bo`ylab harakatlanish haqida ishora berilgan transportlar “Yashil” yo`lak bo`ylab to`siqsiz harakatlanadi.

Реклама на Unews

 

“Qizil” yo`lakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari bo`yicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron ma`lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi. Aniqlangan qarzdorliklar bo`yicha to`lov amalga oshirilganidan so`ng ularning harakatini davom ettirishiga ruxsat beriladi.

Qarzdorlik to`lanmagan hollarda transport vositalari maxsus to`xtash joylariga joylashtiriladi. 

Qarzdorlik aniqlangan transportlarga bir nechta hollarda, jumladan, qarzdorlikka asos bo`lgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilinganda yoki ish sudda ko`rilayotganda harakatni davom ettirishga ruxsat beriladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring