Qarshida voyaga yetmagan qizni zo‘rlab kelgan yigitga nisbatan tekshirish harakatlari boshlandi

Qarshi shahrida voyaga yetmagan qiz bir necha bor zo‘rlangani va shundan so‘ng o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi. Xabarda aytilishicha, jinoyatni amalga oshirishda gumon qilinayotgan yigitga nisbatan 2021 yil fevral oyida Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish ham rad qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi tomonidan ma’lum qilinishicha, jinoyat ishini rad etish qarori bekor qilingan. Ayni vaqtda tekshirish ishlari olib borilmoqda.

«Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshida voyaga yetmagan qizni zo‘rlab kelgan yigitga jinoyat ishi ochish rad etilganligi haqida xabarlar tarqalgan.

Реклама на Unews

Mazkur jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish qarori Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilgan va 27 iyul kuni bekor qilingan.

To‘plangan hujjatlar qo‘shimcha tekshirish xarakatlarini olib borishlik uchun Qarshi shahar IIB TBga yuborilgan.

Hozirda tekshirish harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi bayonotda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring