Qamoqqa olingan IIB xodimlariga oid jinoyat ishi Bosh prokuratura ish yurituviga olindi

Andijonda Ichki ishlar organi xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan fuqaro A. Abdukarimov vafot etishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 3 nafar IIB xodimi hisbga olinganidan xabaringiz bor, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Jinoyat ishi bo‘yicha yangi tafsilot shuki, tergov jarayonida xolislik va qonuniylikni ta’minlash maqsadida «delo» Andijon shahar prokuraturasidan Bosh prokuratura ish yurituviga olingan. Bu haqda «Xabar.uz»ga mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, jinoyat ishi markaziy mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Реклама на Unews

Jinoyat ishi mamlakat Bosh prokurorining shaxsiy nazoratiga olingan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring