«Qamchiq»da yuk mashinalari harakati to‘xtatildi

Havo haroratining keskin pasayishi va kuchli qor yog‘ishi natijasida yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lmoqda. Shu bois, FVV hozirda «Qamchiq» dovoni yuk mashinalari uchun yopilganini ma’lum qildi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Dovonda ayni payt havo harorati -12 gradusni tashkil etmoqda. Hozircha yengil avtomobillar harakatlanayapti. Qor yog‘ishi kuchayib, yo‘llarda harakatlanish xavf tug‘dira boshlasa, «Qamchiq» to‘liq yopilishi ham mumkin.

Videoda «Qamchiq» maxsus-qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i fuqarolardan zarurat bo‘lmasa dovon orqali harakatlanmaslikni so‘ramoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring