Putinning nutqini qulog`iga lag`mon osib eshitgan deputat jazolandi

Rossiyaning Novokuybishevsk shahar sudi Samara Dumasi deputati Mixail Abdalkinni 150 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi.

Bu haqda «RIA Novosti» deputatning advokati Aleksey Lapuzinga tayanib xabar berdi.

Unga ko`ra, sud Abdalkinni Rossiya Federasiyasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 20.3.3-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topdi. Himoyachi qaror ustidan shikoyat qilish niyatida. 

Реклама на Unews

Avvalroq Abdalkinga nisbatan Rossiya Federasiyasi Qurolli Kuchlarini obro`sizlantirish bo`yicha ma`muriy bayonnoma tuzilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o`tamiz, 21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga murojaat bilan chiqqandi. Shu kuni Rossiya kommunistik partiyasi a`zosi bo`lgan Abdalkin o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qulog`iga makaron bilan davlat rahbarining murojaatini tomosha qilayotgan videosini e`on qildi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring