Putin Kim Chen In huzuriga delegatsiya yubormoqda. Muddao ma’lum...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga qurol-aslaha ta’minoti bo‘yicha ko‘mak so‘rab delegatsiya yubormoqda. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi rasmiy vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.

Vashington mulozimiga ko‘ra, Moskva Pxenyanga qurol-aslaha evaziga oziq-ovqat mahsulotlari taklif etmoqchi. J.Kirbi maxfiy ma’lumotni oshkor etar ekan, Shimoliy Koreya tomonidan Rossiyaga qurol yetkazilishi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalariga zid ekanini eslatgan.

Tahlilchilarga ko‘ra, Ukrainadagi urush, xususan, Baxmut va Donbass uchun janglarda Rossiya qurol-aslaha zaxirasining katta qismini yo‘qotgan. G‘arb tomonidan sanksiyalar joriy etilgan sharoitda Moskva bu borada kam sonli do‘st mamlakatlarga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.

Реклама на Unews

AQSh avvalroq Shimoliy Koreyani «Vagner» xususiy harbiy shirkati orqali rus harbiylariga jangovar raketa va snaryadlar yetkazib berishda ayblagan edi. Ushbu kelishuv slovakiyalik qurolfurush Ashot Mkrtichev vositachiligida amalga oshirilgan. Qo‘shma Shtatlar moliya vazirligi ushbu shaxsni allaqachon «qora ro‘yxat»ga kiritgan.

Avvalroq rasmiy Pxenyan Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda istifoda etish uchun qurol-yarog‘ yetkazib berayotgani haqidagi xabarlarni qat’iyan rad etib, AQShga «og‘zini yumib o‘tirish»ni tavsiya qilgan edi. Shimoliy Koreya rasmiylari harbiy texnikani ishlab ishlab chiqarish, uni eksport va import qilish «suveren davlatga xos qonuniy huquq» ekanini ham uqtirgan.

Rossiya armiyasini Eron ham faol ravishda qurol bilan ta’minlayotgani aytilmoqda. Jumladan, joriy yil yanvar oyida Eron Rossiyaga Ukraina urushida qo‘llash uchun maxfiy ravishda millionlab o‘q-dori va snaryad jo‘natgani oshkor etilgan edi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring