Putin g‘oyalari G‘arbda ommalashmoqda – The Washington Post

“O‘tgan oy oxirida Vladimir Putin AQShdan tortib Yevropaning ko‘p qismigacha bo‘lgan demokratik davlatlarda tanish va ko‘pchilik uchun jozibali bo‘lgan nutq so‘zladi”, – deya yozadi nashr.

30 sentyabr kuni Putin Kremlda DXR, LXR, Xerson va Zaporojye viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar yakunlari bo‘yicha so‘zlagan nutqida boshlangan G‘arb gegemonligining yemirilishi qaytarib bo‘lmas ekanini, dunyo inqilobiy o‘zgarishlar davriga kirganini aytgandi.

 

Putinning ta’kidlashicha, G‘arb qoidalarga asoslangan tartibni yoqlaydi, ammo bu qoidalarni kim o‘ylab topgani aniq emas, bu butunlay firibgarlik va ikki tomonlama standartlardir.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring